Ko‘p beriladigan savollar
Kredit bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollarni jamladik. Qo‘shimcha savollaringiz bo‘lsa, o‘z ona tilingizda murojaat qilishingiz mumkin.
Chet elliklar ham Koreyada kredit olishlari mumkinmi?
Ha, mumkin. KPLUS — Koreyada yashayotgan chet el fuqarolari uchun mo‘ljallangan maxsus kredit xizmatidir.
Bir nechta tillarda xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjudmi?
Biz Mongoliya, Kambodja, Nepal, Indoneziya, Myanma, Tayland, Shri-lanka, O‘zbekiston, Vyetnam va Rossiyadan kelgan mijozlar uchun xizmat ko‘rsatamiz. Shuningdek, ingliz tilida ham xizmat mavjud. Chet ellik fuqarolar xizmatimizdan qulay foydalanishlari mumkin.
Qaysi turdagi viza egalari kredit uchun ariza topshirishlari mumkin va qanday shartlar mavjud?
E-9, E-7, F-2, F-4, F-5 yoki F-6 vizasiga ega bo‘lgan, Koreyada yashayotgan va ishlayotgan shaxslar, ish faoliyati turidan qat’i nazar, kredit uchun ariza topshirishlari mumkin. Buning uchun faqat zarur hujjatlarni tayyorlash kifoya. Va Koreyaga kelganingizdan so‘ng kamida bir marta ish haqi olgan bo‘lishingiz kerak.
Qancha miqdorgacha kredit olish mumkin va kredit foiz stavkasi qancha?
Kredit summasi 5 million vondan 50 million vongacha bo‘lgan miqdorda rasmiylashtirilishi mumkin. Kredit foiz stavkasi yillik 14.5%–18.5% ni tashkil etadi va mijozning kredit limit darajasi hamda kreditni ko‘rib chiqish natijalariga qarab belgilanadi.
Kredit foiz stavkasi qat’iymi yoki o‘zgaruvchanmi?
Ha, kredit foiz stavkasi qat’iy belgilangan. Kredit muddati davomida foiz stavkasi o‘zgarmaydi, shuning uchun har oy to‘lanadigan summa bir xil bo‘lib qoladi. Bu foiz stavkasi oshishidan xavotirlanmasdan, to‘lovlarni barqaror rejalashtirish imkonini beradi.
Kafil yoki garov bo'lishi kerakmi?
Yo‘q. Bu kredit garov yoki kafilsiz, faqat kreditga layoqatlilik asosida beriladi.
Kredit uchun onlayn ariza topshirish mumkinmi yoki ofisga albatta tashrif buyurish kerakmi?
Kredit uchun onlayn tarzda qulay va oson ariza topshirishingiz mumkin. Ofisga tashrif buyurishingiz shart emas.
Kredit uchun ariza topshirishda qanday hujjatlar kerak va faqat pasport bilan ariza topshirish mumkinmi?
Kreditga ariza topshirish uchun Koreya ID kartasi, pasport, standart mehnat shartnomasi va boshqa hujjatlar kerak bo'ladi. Faqat pasport bilan kredit uchun ariza topshirib bo‘lmaydi. Kreditni ko‘rib chiqish mezonlari yoki sizdagi viza turiga qarab qo‘shimcha hujjatlar ham so‘ralishi mumkin. Kredit arizasi taqdim etilgan hujjatlar asosida ko‘rib chiqiladi.
Onlayn ariza topshirish qiyin bo‘lsa, oflayn tarzda ariza topshirish mumkinmi?
Asosan, kredit uchun arizani faqat onlayn tarzda topshirish mumkin. Biroq, xohlasangiz, bosh ofisimizga tashrif buyurib, xodimlarimizdan maslahat olishingiz mumkin. Shuningdek, zarur bo‘lsa, telefon orqali ham batafsil ma’lumot beramiz. Istalgan vaqtda biz bilan bog‘lanishingiz mumkin.
Kredit tasdiqlanishi qancha vaqt oladi?
Kredit limitini tekshirish eng tez holatda shu kunning o‘zida amalga oshiriladi, odatda esa 2–3 kun davom etadi.
Hozirda kreditim mavjud bo‘lsa, yana kredit olishim mumkinmi? Keyinchalik qayta yoki qo‘shimcha kredit olish imkoniyati bormi?
Amaldagi kreditingiz bo‘lsa, qo‘shimcha kredit olish odatda qiyin. Biroq, qayta moliyalashtirish krediti mumkin. Bunda yangi kredit limiti mavjud kreditdan yuqori bo‘lishi va qo‘shimcha xarajatlar hisobga olinadi. Mavjud kreditni o‘z vaqtida to‘layotgan yoki to‘liq yopgan bo‘lsangiz, qayta yoki qo‘shimcha kredit olish uchun qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Tasdiqlash va kredit shartlari tekshiruv natijasiga qarab farq qilishi mumkin.
Kreditni muddatidan oldin to‘lashda komissiya olinadimi? Bundan tashqari, boshqa qo‘shimcha komissiyalar ham mavjudmi?
Ha, kreditni muddatidan oldin to‘lagan taqdirda komissiya to'lovi undiriladi. Kredit berilgan kundan boshlab 3 yil ichida muddatidan oldin to‘langan summaning 1% miqdorida komissiya olinadi. 3 yildan keyin esa bu komissiya undirilmaydi. Bundan tashqari, yashirin to‘lovlar mavjud emas va kredit olishdan oldin barcha xarajat va komissiyalar haqida aniq ma’lumot beriladi.
Qancha miqdorda kredit olishim mumkinligini va kredit olish mumkin bo'lgan limit darajasi haqida bilmoqchiman.
Kredit olish mumkin bo‘lgan summa va kredit limitingizni aniqlash uchun Koreya ID kartasi (oldi va orqa tomoni), zagran pasport rasmi va standart mehnat shartnomasi kerak bo'ladi.
Platforma komissiyasi bir martalik to‘lovmi yoki har oy undiriladimi?
Platforma komissiyasi bir martalik to‘lov bo‘lib, kredit ajratilganda faqat bir marta undiriladi.
Platforma komissiyasi qanday to‘lanadi?
Kredit summasi mijozga to‘liq o‘tkazib berilgandan so‘ng, mijoz platforma komissiyasini alohida ravishda bizning hisobimizga o‘tkazadi.
Kredit olish mumkin bo‘lmagan holatlar bormi?
1. Agar qimor o‘yinlari, jinoyat yoki boshqa noqonuniy pul operatsiyalari aniqlansa, kredit rasmiylashtirish qiyin bo‘lishi mumkin. 2. Boshqa moliya tashkilotidan olingan kredit bo‘yicha 2–3 oy yoki undan ko‘proq vaqt davomida to‘lov amalga oshirilmagan bo‘lsa, kredit rasmiylashtirish qiyin bo‘lishi mumkin. 3. E-9 vizasida o‘z xohishingiz bilan ishdan bo‘shaganlik holati 2 marta yoki undan ko‘p bo‘lsa, kredit rasmiylashtirish qiyin bo‘lishi mumkin.
Agar kredit to‘lovini kechiktirsam, nima bo‘ladi? Faqat bir marta kechiktirish ham kredit tariximga jiddiy salbiy ta’sir qiladimi?
Kredit to‘lovini kechiktirgan taqdirda, kechiktirilgan to‘lov uchun foiz hisoblanadi va bu kredit tarixingizga ham ta’sir qilishi mumkin. Bir-ikki marta qisqa muddatli kechikish kredit tarixiga jiddiy ta’sir qilmasligi mumkin, biroq kechikishlar tez-tez takrorlansa yoki uzoq davom etsa, kredit limitingizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, kechikish davom etadigan bo‘lsa, qonuniy choralar ko‘rilishi mumkin. Shu sababli to‘lovlarni shartnomada belgilangan muddatda amalga oshirishingiz tavsiya etiladi.
Yaqinda ish joyimni o‘zgartirgan bo‘lsam yoki hozir ish joyimni o‘zgartirish jarayonida bo‘lsam, kredit uchun ariza topshirishim mumkinmi?
Agar hozirda rasman ishlayotgan bo‘lsangiz, yaqinda ish joyingizni o‘zgartirgan bo‘lsangiz ham, kamida bir marta ish haqi olganingizdan so‘ng kredit uchun ariza berishingiz mumkin. Biroq, ish joyingizni o‘zgartirish jarayonida yoki hozircha ish izlayotgan bo‘lsangiz, daromadingizni tasdiqlash imkoni bo‘lmagani sababli kredit uchun ariza berish qiyin. Ish haqini muntazam olayotgan ish joyingizda ishlayotgan vaqtingizda ariza berishingizni tavsiya qilamiz.
Kredit olganimdan keyin ishsiz qolsam yoki ish joyimni o‘zgartirsam, nima bo‘ladi? Bu haqda alohida xabar berishim kerakmi?
Kredit muddati davomida ishsiz qolgan yoki ish joyingizni o‘zgartirgan bo‘lsangiz ham, to‘lovlarni belgilangan jadval asosida davom ettirishingiz shart. Daromadingiz o‘zgargan taqdirda ham, shartnomada belgilangan to‘lov majburiyati saqlanib qoladi. Shu sababli ishsiz qolgan taqdiringizda ham to‘lovlarni rejalashtirib davom ettirishingiz lozim. Shuningdek, kredit olish uchun taqdim etgan ma’lumotlaringizda o‘zgarishlar yuz bersa (masalan, ish joyi yoki daromad o‘zgarishi), bu haqda albatta mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga xabar berishingiz kerak.
Ishxonamga kredit olayotganim haqida habar beriladimi?
Yo‘q. Sizning kredit olganingiz haqidagi ma’lumotlar uchinchi shaxslarga, jumladan, hozirgi ish joyingizga ham, hech qachon taqdim etilmaydi. Barcha ma’lumotlaringiz amaldagi qonunchilikka muvofiq qat’iy himoya qilinadi.
Kredit viza muddatini uzaytirish yoki vizani o‘zgartirishga ta’sir qiladimi?
Odatda, ushbu kredit viza muddatini uzaytirish yoki viza turini o‘zgartirishga bevosita ta’sir qilmaydi. Biroq, kredit to‘lovlari uzoq muddatga kechiktirilsa, kredit tarixiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va bu kelgusida viza ko‘rib chiqilishi yoki boshqa ma’muriy jarayonlarga bilvosita ta’sir qilishi mumkin. Shu sababli kredit to‘lovlarini belgilangan muddatda o‘z vaqtida amalga oshirishingizni so‘raymiz.
Kredit uchun ariza topshirgandan keyin yoki kredit tasdiqlangandan keyin ham uni bekor qilish mumkinmi?
Ha, kredit uchun ariza topshirgandan keyin yoki kredit tasdiqlangandan keyin ham bekor qilish mumkin. Biroq, kredit uchun ariza topshirishdan oldin qaroringizni yaxshilab ko‘rib chiqishingizni tavsiya qilamiz.
Avval kredit to‘lovlarini kechiktirgan bo‘lsam ham, kredit uchun ariza topshirishim mumkinmi?
Ha, avval kredit to‘lovlarini kechiktirgan bo‘lsangiz ham, hozirda kechikayotgan to‘lovlaringiz bo‘lmasa, kredit uchun muammosiz ariza topshirishingiz mumkin.
Vizamning amal qilish muddati tez orada tugasa, lekin uni uzaytirish rejalashtirilgan bo‘lsa, kredit olishim mumkinmi?
Viza muddatini uzaytirish uchun ariza topshirib, ariza qabul qilinganligi to‘g‘risidagi hujjatni olgan bo‘lsangiz, kredit uchun ariza topshirishingiz mumkin.
Kreditni to‘lash davomida ta’til olib, o‘z vatanimga yoki chet elga chiqishim mumkinmi?
Ha, ta’til olib chet elga chiqishingiz mumkin. Biroq, foiz to‘lovini kechiktirmaslik uchun belgilangan to‘lov sanasida foiz summasini albatta to‘lashingiz kerak.
Kredit olish uchun arizam rad etilgandan keyin qayta ariza topshirishim mumkinmi?
Agar kredit olish uchun arizangiz rad etilgan bo‘lsa ham, rad etilish sababi bartaraf etilsa yoki vaziyatingizda o‘zgarish bo‘lsa, qayta ariza topshirishingiz mumkin.
Kredit qoldig‘i, foiz stavkasi va to‘lov muddatini qanday bilishim mumkin?
Kredit bo‘yicha ma’lumotlarni mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati orqali olishingiz mumkin. Qoldiq summa, foiz stavkasi, to‘lov muddati va boshqa batafsil ma’lumotlarni bilmoqchi bo‘lsangiz, mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling. Sizga aniq va batafsil ma’lumot beramiz.